“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
2026-04-07 14:00:00 / Yangiliklar

“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbir korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratildi. Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, ushbu illatga qarshi kurashishning samarali usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Interaktiv ruhda o‘tkazilgan seminar jarayonida korrupsiya turlari, global va mahalliy statistika, manfaatlar to‘qnashuvi hamda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi. Shuningdek, rol o‘yinlari va “Qaror qabul qil” nomli amaliy mashg‘ulot orqali ishtirokchilar real hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion vaziyatlarga nisbatan to‘g‘ri yondashuv ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning o‘rni va mas’uliyati muhim ekanligini alohida ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda yanada faol bo‘lishga chaqirildi.
Ushbu seminar-trening korrupsiyaga qarshi kurashishda bilim va huquqiy ongni oshirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy tashabbus bo‘ldi.









