“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.
2026-04-01 16:30:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.
Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–228-son “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati bo'yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, arxiv muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda arxiv muassasalarida ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.









