“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi davlat arxivlarida boʻldi
2026-04-01 12:00:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi davlat arxivlarida boʻldi
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi xizmat safari doirasida Marhamat, Xorazm viloyat davlat arxivi, Xonqa va Yangibozor tuman davlat arxivlari hamda Xiva shahar davlat arxivi ish jarayoni bilan tanishdi.
Ulugʻbek Yusupov arxivlarda ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, yig‘majildlarni umumiy holatlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.
Shuningdek, arxivlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylikka rioya etilishi, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.









