“O‘zarxiv” agentligi jamoasi "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda
2026-03-14 15:00:00 / Yangiliklar

“O‘zarxiv” agentligi jamoasi "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda
2026-yil 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-F-son Farmoyishiga muvofiq tashkil etildi.
Mazkur umumxalq hashari doirasida “O‘zarxiv” agentligi hamda Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, atrof-muhitni obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Xususan, xodimlar tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida belgilangan hududga 200 tup turli xil ko‘chatlar ekildi. Ekilgan ko‘chatlar kelgusida hududda yangi mevali bog‘ barpo etish uchun mustahkam zamin yaratadi.







