O‘zbekiston Milliy arxivida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazildi.
2026-03-13 14:00:00 / Yangiliklar

"Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!"
O‘zbekiston Milliy arxivida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazildi.
Mazkur hasharda arxiv xodimlari faol ishtirok etib, muassasa hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash va yashil hududlarni tartibga keltirish ishlarini amalga oshirdilar.
Hashar davomida bino atrofidagi maydonlar tozalanib, daraxtlar va gulzorlar parvarish qilindi, yo‘laklar supurildi hamda ortiqcha chiqindilar yig‘ishtirildi.
Bunday xayriya hasharlari jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, atrof-muhitga eʼtibor va masʼuliyatni oshirishga xizmat qiladi.





