Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar
2026-03-05 13:45:00 / Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar
Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi boʻsh ish oʻrinlariga taklif qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga, Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
“Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi boʻsh ish oʻrinlari bilan https://vacancy.argos.uz/ saytida tanishishingiz mumkin.
Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, qatʼi nazar, oʼzlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda maʼlumot darajasiga ega boʼlgan, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʼzarxiv” agentligi tizimiga tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish:
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portal https://vacancy.gov.uz/ orqali amalga oshiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun telefonlar:
(55) 55-503-01-50
