Toshkent Fotosuratlar uyida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida “OILA VA JAMIYATNI MUSTAHKAMLASHDA AYOLLAR O‘RNI” nomli fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
2026-03-05 14:00:00 / Yangiliklar

Toshkent Fotosuratlar uyida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida “OILA VA JAMIYATNI MUSTAHKAMLASHDA AYOLLAR O‘RNI” nomli fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bugun 5-mart kuni Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Saodat” jurnali, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida “OILA VA JAMIYATNI MUSTAHKAMLASHDA AYOLLAR O‘RNI” nomli fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ayol – mehr-muhabbat timsoli, tarbiya maktabi, jamiyat taraqqiyotining muhim ishtirokchisi. Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham barqaror bo‘ladi. Oila – shaxs kamol topadigan birinchi muhit. Farzandning dunyoqarashi, odob-axloq me’yorlari, vatanga muhabbati avvalo onaning tarbiyasi orqali shakllanadi. Ayol farzandga mehr, sabr va bag‘rikenglikni o‘rgatadi. Milliy qadriyat va an’analarni avloddan avlodga yetkazadi. Bugungi kunda ayollar nafaqat oilada, balki jamiyatning turli sohalarida ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, siyosat, ilm-fan va madaniyat sohalarida ayollarning hissasi tobora ortib bormoqda. Har bir sohada ayol oʻrni, mavqeini oshirish, ularning mehnat faoliyatida yetarli shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimizda gender tengligi va ayollarning qator manfaatlarini himoya qilinishi birinchi navbatdagi masaladir. Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va so‘ngi yillarda ayollarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonliklarning oldini olish bo‘yicha ham ko‘plab islohotlar o‘tkazilmoqda.
Fotokoʻrgazmada ayollarning oiladagi o‘rni va jamiyatdagi faoliyatiga doir Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi jamiyatdagi yetakchi ayollarning 100 dan ziyod fotolari taqdim etilgan.
Koʻrgazmada 1930-yillardan boshlab bugungi kungacha ayollar ijtimoiy faolligiga bagʻishlangan arxiv fotolari namoyish qilinmoqda. Unda Oʻzbekiston Respublikasining turli jabhalarida yutuqlarga erishgan va samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar, tabarruk onaxonlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining xotin-qizlari aks etgan.
Tadbirning tantanali ochilishida “Oʻzarxiv” agentligi va davlat arxivlari xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Fotokoʻrgazma 15-martgacha davom etadi.
_____________________________________
Женщина – символ любви и милосердия, школа воспитания подрастающего поколения. Крепкая семья – залог стабильного общества. Совершенный человек рождается в созданной женщиной атмосфере добра и любви. Мировоззрение ребенка, верность родине формируется, прежде всего, воспитанием матери. Именно мать прививает детям доброту, терпение, широту души, передающиеся из поколения в поколение национальные традиции и обычаи.
Сегодня женщины активно участвуют не только в семье, но и во всех сферах жизни общества. Например, вклад женщины в развитие образования, здравоохранения, предпринимательства, политики, науки и культуры постоянно растет. Создание для женщин условий для участия в различных отраслях трудовой деятельности стало неотделимой частью политики государства. В нашей стране проводится ряд реформ по укреплению гендерного равенства и защите интересов женщин.
На выставке представлено более 100 хранящихся в Национальном архиве Кинофотофонодокументов Узбекистана фотографий, отражающих роль женщин Узбекистана в семье и обществе.
Экспонаты фотовыставки с 1930-х годов по сегодняшний день показывают девушек и женщин, достигших больших высот в трудовой, общественной, научной и культурной жизни страны, матерей-героинь.
На торжественном открытии выставки приняли участие руководители и сотрудники Агентства «Узархив» при Министерстве юстиции Республики Узбекистан и государственных архивов, а также представители средств массовой информации.
Работа фотовыставки продолжится до 15 марта 2026 года.









