Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
2026-02-26 16:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi. Shu munosabat bilan bugun Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i N. Zuhriddinov tomonidan tizimda faoliyat olib borayotgan yoshlar hamda Andijon davlat universitetining dual taʼlim asosida tahsil olib kelayotgan bitiruvchi talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan sohadagi muammolar, ularning yechimlari yuzasidan taklif va loyihalar bilan tanishildi.
Shuningdek, talabalarga Andijon viloyat davlat arxivida hujjatlarni raqamlashtirish, Raqamli hukumat loyihasi ijrosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan dasturiy tizimlar haqida maʼlumot va tushunchalar berildi.






