Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan "Halollik vaksinasi" mavzusida seminar tashkil etildi.
2026-02-26 14:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan "Halollik vaksinasi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim vazifalaridan biridir.
Seminar davomida korrupsiyaning ayanchli oqibatlari haqida batafsil maʼlumot berildi, mavzuga oid taqdimotlar namoyish etildi.







