RASMIY BAYONOT | Arxiv xizmatlari muddatlari qisqartirildi!
2026-03-02 10:40:00 / Yangiliklar

RASMIY BAYONOT
Arxiv xizmatlari muddatlari qisqartirildi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–228-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab quyidagi xizmatlar yangi muddatlarda amalga oshiriladi:
✅ Ruxsatnoma berish (hujjatlarni chet elga vaqtincha olib chiqish uchun):
🔹 15 ish kunidan ➡️ 5 ish kunigacha
✅ Mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash:
🔹 20 ish kunidan ➡️ 10 ish kunigacha
✅ O‘qiganlik haqida maʼlumotnoma berish:
🔹 5 ish kunidan ➡️ 2 ish kunigacha
✅ Hujjatlarni raqamlashtirish (elektron nusxa):
🔹 3 ish kunidan ➡️ 1 ish kunigacha
💻 My.archive.uz tizimida barcha texnik o‘zgarishlar amalga oshirildi.
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati
