O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiy hujjatlar milliy arxivi binosida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2026-02-16 12:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiy hujjatlar milliy arxivi binosida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaroriga ko‘ra 2016-yildan boshlab har yili 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabati bilan O‘zbekiston FA Tarix instituti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi milliy arxivlar o’zaro hamkorligida sohalarning faol olima xotin-qizlari, jumladan, O’zbekiston davlat tarixi muzeyi direktori t.f.d., professor J.X.Ismoilova, O’zbekiston FA Tarix instituti bo’lim mudiri t.f.d. professor M.S.Isakova ishtirok etib arxiv ishi va ish yuritish, muzeyshunoslik va manbashunoslik sohalari, tarix fani va uning istiqbollarida olima ayollar va qizlarning alohida o’rni muhokama etildi.







