“Oʻzarxiv” agentligining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi
2026-02-13 15:30:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi faoliyatining 2025-yil yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan kengaytirilgan
Hayʼat yigʻilishi.
“Oʻzarxiv” agentligining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi
KUN TARTIBI
1. “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatining 2025-yil yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisida (U.Yusupov).
2. “Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2025-yilda oʻtkazilgan arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan oʻtkazilgan davlat nazorati tadbirlari toʻgʻrisida (A.Fayzullayev).
– “E-maʼmuriy ish” axborot tizimida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlarining axboroti.
3. “Oʻzarxiv” agentligi tizimida ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda soʻrovlar ijrosi holati toʻgʻrisida (Sh.Sadikov, D.Yusupov).
4. Davlat arxivlari tomonidan arxiv hujjatlarini raqamlashtirish holati toʻgʻrisida (Sh.Yaminov, A.Ziyatdinov).
5. Turli masalalar.
Yig‘ilishda markaziy apparat xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, milliy va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdi.





