“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Andijon viloyatidagi Yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashdi.
2025-12-24 17:15:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Andijon viloyatidagi Yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashdi.
Andijon viloyatida yosh arxivchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–228-son “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil fikrlar, yoshlar tomonidan arxiv ishini rivojlantirish yuzasidan ilgari surilgan g‘oya va takliflar bilan tanishib, o‘tkazilayotgan ijtimoiy tadbirlarni yana-da ko‘proq tashkil etilishi va ularni mazmun jihatdan boyitib borish to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.









