Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi 2025-yil davomida ijro intizomi holati yuzasidan BRIFING
2025-12-04 10:20:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi
2025-yil davomida ijro intizomi holati yuzasidan BRIFING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi
PF-117-son Farmoni asosida Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligida ijro intizomini tashkil etish, Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomiga qatʼiy rioya etish boʻyicha masʼuliyatni oshirish, belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosi samaradorligini oshirish, nazorat va hisobdorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, texnologik zanjirga asoslangan ishlar tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan:
alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar boʻysunuvida Ijro nazorati va ish yuritish bo‘limi tashkil etilgan;
ijro intizomiga masʼul tuzilma xodimlari muntazam malakasini oshirib borish amaliyoti;
ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish;
ijro intizomida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash choralari;
har haftada kamida 2 marotaba bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlar ijrosi hamda murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisida rahbariyat huzurida muhokama qilish amaliyoti tashkil etib kelinmoqda.
Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga 2025-yilda 1-dekabr holatiga Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan bajarilishi lozim bo‘lgan jami 79 ta topshiriqlar kelib tushgan boʻlib, shundan 49 tasida Agentlik asosiy ijrochi, 30 tasida qoʻshimcha ijrochi sifatida belgilangan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi oʻz vaqtida va sifatli bajarilib, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” Idoralararo yagona elektron tizimiga asoslantiruvchi hujjatlari bilan kiritildi hamda topshiriq ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan kelishildi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida ijro intizomi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar “Oʻzarxiv” agentligining veb-sahifalariga joylashtirib borilmoqda.
