O‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa ishga kirishishga yoki kasb-hunarga o‘qishga tayyor bo‘lib, mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi. Shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi mahalliy mehnat organining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va murojaat qilgan kundan boshlab ishsizlik nafaqasi tayinlanadi.