Angor tumani

Angor tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qoʻshib yuborildi. 1979-yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni 387,3 kv.km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996). Tuman markazi—Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli—gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayron). Angor soʻzini „Gʻalladan boʻshagan dala“ maʼnosini anglatadi. Toshkent—Termiz avtomobil yoʻli yoqasida, yaqin temir yoʻl bekati (Navshahar)—14 km. Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi bor. Tuman gʻalla, paxta va sabzavot – poliz ekinlariga ixtisoslashgan. Bogʻ va tokzor bor.
Angor tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979-yil 4-dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Istiqlol, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi – Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6—4-asrlarda aholi manzillari boʻlgan. Kushan podsholi-gi davrida (1-3-asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qalʼasi Angorning markazi boʻlgan. 6—7-asrlarda qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. Oʻtmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, gʻarbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolida Xovdogʻ, janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2 – 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 31 – 32°. Yiliga 120 – 130 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining gʻarbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib oʻtadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sugʻoriladi.
