Yoshlar siyosati yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2025-10-18 18:15:00 / Matbuot anjumanlari

Angor tumanida “Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida hududlarda amalga oshirilgan ishlar, bu boradagi muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov, mutasaddi tashkilotlar, yoshlar yetakchilari va faol yoshlar ishtirok etib, yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, yoshlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.




