⚡️ Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida qurilish ishlari bilan tanishdi
2025-10-13 13:30:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani "Sharq guli" mahallasida joylashgan "Yangi O‘zbekiston" massivida qurilayotgan 990 o‘rinli maktab hamda ko‘p qavatli turar joylarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Hokim qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, zaruriy infrastrukturalarni yaratish hamda aholi farovonligiga xizmat qiluvchi ob’yektlarning barpo etilishiga alohida e’tibor qaratdi.
Ushbu loyihalar mahalla va tuman aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ta’lim va turar joy sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.





