Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda
2025-09-22 11:55:00 / Yangiliklar

Angor tumanidagi 1-son oilaviy poliklinikada Qoraqir va Kattaqum mahallalarida istiqomat qilayotgan 8014 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.
Mazkur maskanda 10 nafar shifokor va 24 nafar hamshira aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida mehnat qilib kelmoqda.
Shuningdek, poliklinika zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, UTT, EKG hamda fizioterapiya muolajalari yo‘lga qo‘yilgan.





