⚡️Sayyor qabul o‘tkazildi
2025-07-31 16:00:00 / Yangiliklar

▶️Angor tumanida aholi muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini eshitish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
↘️ Bugun tumanning Qoraqir mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi Qosim Mardonov ishtirok etib, mahalla aholisining murojaatlarini tingladi.
⏩ Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar yozma va og‘zaki tarzda qabul qilinib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.




