Angor tumani hokimining o‘rinbosari J.Po‘latovning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularning parvarishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzasi
2025-06-25 13:25:00 / Matbuot anjumanlari
Hurmatli brifing ishtirokchilari.
Angor tumanidagi qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Paxtachilik yo‘nalishida. 2025 yilda Paxtachilik klaster bilan 27 ta fermer xo‘jaliklari shartnoma imzolagan holda 2025 yilda jami 4450 gektar g‘o‘za maydonida ingichka tolali “Termiz-202” va xitoy Davlatining “Xinluzhong-78” nomli serhosil g‘o‘za navlarini ekib, hozirgi kunda agrotexnik tadbirlar asosida ishlov berilmoqda.
Ushbu Xitoy chigitini yerga qadash uchun tumandagi ilg‘or fermer xo‘jaliklari hamda klaster tomonidan Xitoy Davlatining yuqori unumli 10 dona seyalkasi olib kelinib har biri uchun 30 (foiz) yani 30 mlndan jami 300 mln avans mablag‘lar to‘lab berildi. Bugungi kunda paxta maydonlarida barcha zaruriy agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda bular:
O‘rgimchakkanaga, g‘o‘za kandalaga qarshi ishlov, iso sepish, mineral o‘g‘it berish hamda g‘o‘zani bargidan oziqlantirish maqsadida BIOSTUMLYaTORLAR bilan suspensiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu yil biz o‘zimizga shuni maqsad qilib oldik o‘tgan yilgi paxtadan 40-42 sentner hosil olgan bo‘lsak, bu yili bu ko‘rsatgichni 48-50 sentnerga yetkazamiz.
G‘allachilik yo‘nalishida. 2025 yil hosili uchun 6000 gektar maydonda g‘alla ekilgan.
Bugungi kunda g‘alla maydonlarida o‘rim yig‘im ishlari amalga oshirilmoqda.Tumanda o‘rim yig‘im ishlarini tashkil etish maqsadida 9 ta ortyad tashkil etilgan bo‘lib, 26 ta zamonaviy kombaynlar hamda 130 ta tashish texnikalari biriktirilgan.
Bundan tashqari, “Shaymanov Zokir” fermer xo‘jaligi tomonidan 1 ta yuqori unumli KLASS Dominator-260 rusumli kombayn olib kelinib, o‘rim yig‘im ishlariga jalb etib yuborildi.
Bugungi kun holatiga tumanda 5936 gektar g‘alla maydonlarida o‘rim ishlari yakunlanib, bu maydonlardan davladga 17 ming 467 tonna boshoqli don topshirildi. (97.9 foiz) Shundan fermer xo‘jaliklari 2 ming 541 tonna (108.6 foiz) va klaster 14 ming 926 tonna (96.2 foiz) o‘rtacha hosildorlik 80-85 s/ga ga teng bo‘lmoqda.
Shuningdek, tumanda 90-100 s/gadan yuqori hosil olgan fermerlar mavjud. Bular “Ikki do‘st Surxon Angor” “O‘ktambek Sunnatbek”, “Umid shoh Angor” va boshqalar.
Chorvachilik yo‘nalishida. Tumanda faoliyat yuritayotgan chorvachilik fermer xo‘jaliklari soni jami 17 tani tashkil etadi. Ushbu fermer xo‘jaliklarining yer maydoni 346 gektar. O‘tgan yilning 1 choragiga nisbatan chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida yirik shohli qoramollar bosh soni 102.5 % ga sigirlar bosh soni 103.8 % ga qo‘y va echkilar bosh soni 104.1 % ga ko‘paydi.
Irrigatsiya yo‘nalishida
Tumanda 2024-2025 yillarda 113 km ichki ariqlarni betonlash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga kunda barcha ariqlar betonlash ishlari bajarilgan. Tumanda kuz-qishgi mavsumida 95 km ichki sug‘orish tarmoqlarini mexanizm yordamida tozalash ishlari, 550 km ichki sug‘orish tarmoqlarini qo‘l kuchi yordamida tozalash ishlari to‘liq yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaror ijrosi ta’minlash maqsadida tumandagi 5 ta ya’ni Kattaqum, Qo‘shtegirmon, Qadimiy Angor, Tallashqon, Navruz mahallarida jami 10 km ariqni betonlashtirish rejasi bo‘lib, bugungi kunga qadar 10,0 km qismi betonlash ishlari amalga oshirildi reja (100 foizga) bajarildi.
Pillachilik yo‘nalishida Shuningdek, tumanda 2025 yilda 3058 quti yani 184 tonna pilla parvarishlanib davlatga topshirilib, pilla rejasini 100 foizga bajardik.
TAKRORIY EKIN-2025
Takroriy ekinlardan jami 85 ming 557 tonna mahsulot yetishtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan, 21 ming 976 tonna sabzavot, 8 ming 455 tonna poliz mahsulotlari, 2 ming 147 tonna dukkakli ekinlar, 780 tonna sholi, 52 ming 199 tonna ozuqabob ekinlar yetishtiriladi. Ushbu yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 25 ming tonnasi eksportga yo‘naltirilsa, qolgan qismi respublika va viloyat dehqon bozorlariga aholi ehtiyoji uchun chiqariladi.
