Angor tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
2025-06-16 10:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida,
Bugungi kunda 2025 yil 1 aprel holatiga Angor tumanidagi 36 ta MFYda mavjud 26 223 ta xonadondagi 37 515 ta oilada
147.7 ming nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar
2024 yilda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida quyidagi natijalarga erishildi.
- makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2023 yilga nisbatan tahlil qilinganda, Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 640,9 mlrd so‘m bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 118,3%, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2183,2 mlrd so‘m bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 101,6%, kapital quyilmalar 506,7 mlrd so‘m bo‘lib, pudrat ishlari 319,1 mlrd so‘m bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 108.4%, chakana savdo 1128,4 mlrd so‘m bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 108,5%, jami xizmatlar 784,8 mlrd so‘m bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 110,8% foizga bajarildi.
2025 yil yanvar-mart oylarida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida quyidagi natijalarga erishildi.
- makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2025 yil yanvar-mart oylari tahlil qilinganda, Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 115,8 mlrd so‘m bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 135,2%, qishloq xo‘jaligi maxsuloti ishlab chiqarish 337,8 mlrd so‘m bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 105,2%, kapital quyilmalar 1703,5 mlrd so‘m bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 641,0%, pudrat ishlari
102,7 mlrd so‘m bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 100.5%, chakana savdo 259,2 mlrd so‘m bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 107,2%, jami xizmatlar 201,1 mlrd so‘m bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 110,6 foizga bajarildi.
Tadbirkorlik
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab–quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida 2025-yilning yanvar-mart oylarida iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes sub’ektlarining ulushi, jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda (98,2 %), chakana savdo aylanmasida (97,3 %), qurilish ishlarida (90,8 %), kapital qo‘yilmalarda (99,5 %), xizmatlarda (76,9 %) va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda esa (56,1 %), ni tashkil qilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, biznes muhitini yaxshilash, ularning faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2025 yilning yanvar-mart oylarida 62 ta yangi kichik biznes sub’ektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etish imkonini berdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlarining asosiy qismi savdo (yangi tashkil etilgan sub’ektlarning (50,8 %), sanoat (21,0 % ), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (1,6 % ), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (8,1 %), tashish va saqlash (1,6 %), qurilish (3,2 %) va boshqa faoliyat turlarida (13,7 %) sohalariga to‘g‘ri keladi.
2025 yil 1 aprel holatiga 1 113 ta tijorat shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 644 ta, xususiy korxonalar 237 ta, oilaviy korxonalar 238 ta va boshqa tijorat korxonalari 12 tani tashkil etadi.
Bandlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7- sonli qaroriga asosan 2024 yilga mo‘ljallangan aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish prognoz ko‘rsatkichlar dasturida yil davomida jami 27 315 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ishlarda 10 586 ta, mavsumiy ishlarda 16 521 ta, vaqtinchalik ishlarda 208 ta, etib belgilangan.
Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi 27 315 ta bo‘lib, majmualar tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotlarda hamda “YANGIISH.MEHNAT.UZ” dasturida 27 653 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi va reja 101,2 % bajarilganligi aks ettirilgan. Jumladan:
Investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 81 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi belgilangan bo‘lib, joriy yilning yanvar-dekabr oylarida amalda 158 ta ish o‘rni yaratilgan, reja ( 195.1 %)ga bajarilgan.
Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish shu jumladan savdo va xizmat ko‘rsatish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish sohasida 7422 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi belgilangan bo‘lib, joriy yilning yanvar-dekabr oylarida amalda 7580 ta ish o‘rni yaratilgan, reja (102,%)ga bajarilgan.
Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 19426 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi belgilangan bo‘lib, joriy yilning yanvar-dekabr oylarida amalda 19434 ta ish o‘rni yaratilgan, reja (100,1%)ga bajarilgan.
Qurilish va kommunal sohada 386 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning yanvar-dekabr oylarida amalda 481 ta ish o‘rni yaratilgan. Reja (124,6%)ga bajarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi
PQ-12- sonli qaroriga asosan 2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi dasturida yil davomida jami 5467 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi belgilangan bo‘lib, shundan investitsiya ish o‘rinlarini ishga tushirish hisobiga 184 ta, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 2624 ta (doimiy ishlarga 1381 ta, aholini tadbirkorlikka jalb qilish 1243) ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 2969 ta, qurilish sohasida 190 ta etib belgilangan.
Joriy yilning yanvar-aprelida yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi 5967 ta bo‘lib, amalda 7229 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan va reja 124 % ga bajarilgan. Jumladan:
Investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi 184 ta belgilangan bo‘lib, joriy yilning 4 oyida amalda 245ta ish o‘rni yaratilgan. Reja (133%).
. Tadbirkorlikni rivojlantirish shu jumladan savdo va xizmat ko‘rsatish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi 2624 ta shundan (doimiy ishlarga 1381ta, aholini tadbirkorlikka jalb qilish 1243) ta belgilangan bo‘lib, joriy yilning 4 oyida amalda 3397 ta ish o‘rni yaratilgan. Reja (148,7%).
Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi 2969 ta belgilangan bo‘lib, joriy yilning 4 oyida amalda 3330 ta ish o‘rni yaratilgan. Reja (122%).
Qurilish va kommunal sohada yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi 2969 185 ta belgilangan bo‘lib, joriy yilning 4 oyida amalda 3330 ta ish o‘rni yaratilgan. Reja (122,2%) ni tashkil etmoqda.
Kambag‘allik darajasi10,6foizdan 2,8 foizga kamaydi.
Tumanimizda ham ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida eng nochor deb e’tirof etilgan 470 ta kambag‘al oilalar (2 002 nafar aholi) ro‘yxati shakllantirilib, 94 ta mas’ul rahbarlarga 5 tadan oila biriktirildi.
Biriktirilgan oilalarda 2 661 ta so‘rovnomalar o‘tkazilib skoring natijalariga ko‘ra individual xizmatlar rejasi tuzilib, 16 585 ta xizmatlar biriktirildi.
Ma’lumot uchun, barqaror bandlik va yuqori daromad bo‘yicha 1 588 ta, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 1 220 ta, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha 4 211 ta, kafolatlangan tibbiy xizmat bo‘yicha 3 125 ta, ta’lim va kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha 2 982 ta, uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha 2 585 ta xizmatlar biriktirildi..
Kambag‘al oilalarga 5 ta yo‘nalishda jami 4,2 turdagi xizmatlar ko‘rsatildi.
Jumladan,
- Aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishida
588 nafar aholi daromadlarini oshirish belgilangan, amalda 919 nafariga (156,2 %) amaliy yordam va xizmatlar ko‘rsatildi
Ma’lumot uchun,.
– 50 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi;
– 435 nafar kambag‘al oila vakillariga tadbirkorlikka jalb etish uchun (kredit, subsidiya)lar ajratildi;
– 61 nafar kambag‘al oilalar, uyda qo‘shimcha daromad topishni tashkil qilish uchun (kasanachilik, tadbirkorga) biriktirildi;
– 16 nafar kambag‘al oila uchun issiqxona tashkil etildi;
– 18 nafar kambag‘al oilaga dehqonchilik uchun ijaraga yer maydoni ajratildi;
– 83 nafar kambag‘al oila vakillari kasb-hunarga o‘qitildi;
– 41 nafar kambag‘al oilalarga homiylik hisobidan parrandachilik tashkil etildi;
– 40 nafar kambag‘al oilalarga homiylik hisobidan chorva mollari berildi;
– 5 nafar kambag‘al oilalarga homiylik hisobidan asbob uskuna olib berildi va 217 nafar kambag‘al oilalarning tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etildi;
“Karvon” mfydan 2 ta kambag‘al oila tuman prokurori A.Raziqovga biriktirilgan bo‘lib, ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida fuqaro Isaeva Cho‘lponoyga bir sotixlik issiqxona qurib berildi, Alieva Gulnoraga subsidiya asosida qurib berilgan issiqxonasini qayta rekonstruksiya qilib berilgan har oyda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlanib kelinmoqda.
III. Ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishida
646 nafar aholi ta’lim va kasb-hunarga o‘rgatish belgilangan, amalda 879 nafari ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha jalb qilingan..
Ma’lumot uchun,
– 511 nafar kambag‘al oilalarning farzandlari maktab to‘garaklariga jalb etildi;
– 16 nafar kambag‘al oilalarning farzandlari IT, chet tili va boshqa kurslarga jalb etildi;
– 30 nafar kambag‘al oilalarning farzandlari MTTga joylashtirildi;
– 322 nafar fuqarolarning farzandlarini dars tayerlash uchun sharoit yaratildi;
Misol uchun:
“Xo‘janqon”MFYdan 2 ta kambag‘al oilaga tuman hokimi Q.Mardonov biriktirilgan bo‘lib, ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida Mustaromov Salimga Geokollektor o‘rnatib berilgan hamda tomorqasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun tayyorlab berildi, Odinaev Choriyorga uy qurilishi uchun qurilish mahsulotlari olib berilgan, doimiy ishlashi uchun ish taklif qilingan. Oila a’zolarining davolanishi uchun yo‘llanma berilgan .
IV. Kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida.
637 nafar aholiga kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish belgilangan, amalda 763 nafariga 119,8 % ga tibbiy xizmat ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun,
255 nafar fuqarolarda turli darajadagi kasalliklar aniqlandi va ularni sog‘lomlashtirish rejasi ishlab chiqildi, jumladan tibbiyot muassasalarida Respublikada 6 nafar, viloyatda 21 nafar va tumanda 229 nafar, bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolanishga ko‘maklashildi.
Shu bilan birga, 6 nafar kambag‘al oila a’zolariga murakkab jarrohlik amaliyoti, 547 nafariga bepul dori-darmon va 18 nafariga davolanish uchun order bilan taminlandi .
Misol uchun:
“Xo‘janqon” MFYdan 5 ta kambag‘al oilaga tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Bo‘riev Umidjon biriktirilgan bo‘lib, ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida Turaev Orifning oilasining davolanishi uchun bepul dori-darmon berilib, doimiy ishga joylashi uchun taklif berilgan, Farzandlariga homiylik asosida stol va stul hamda maktab jihozlari berildi va fan to‘garaklariga to‘liq jalb qilindi.
V. Yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha
322 nafar aholining yashash sharoitlari tuman hokimliklari tomonidan yaxshilanishi belgilangan, amalda 530 nafariga rejaga nisbatan 164,6 % ga ko‘maklashildi.
Ma’lumot uchun,
– 52 nafar fuqaroning uy-joylari ta’mirlandi;
– 6 nafar fuqaroning hojatxonasini ta’mirlandi;
– 5 nafar fuqaroning hammomxonasi ta’mirlandi;
– 8 nafar fuqaroning isitish tizimilari yaxshilandi;
– 5 nafar kirishi-chiqish yo‘laklari yaxshilandi;
– 10 nafar fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga yordamlashildi va 21 nafar fuqaroga kiyim kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Misol uchun:
“Qo‘shtegirmon” MFYdan 5 ta kambag‘al oila tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i E.Ro‘zievga biriktirilgan bo‘lib, fuqaro Xolmurodova Saida oilaviy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, subsidiya asosida 1 sotix issiqhona qurib berilgan va moddiy yordam ko‘rsatilgan, Rahmatullaeva Zulfiyaning yashab turgan xonadonini yaxshilash uchun uyining bir xonasi to‘liq ta’mirlab berilgan va hojatxona qurib berilgan. Fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida tomorqasiga qizil lavlagi ekib berilgan.
VI. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha.
395 nafar aholiga ijtimoiy himoya choralarini ko‘rish belgilangan, amalda 597 nafariga yordam ko‘rsatilib rejaga nisbatan 151,0% ga xizmatlar bajarilgan.
Ma’lumot uchun,
– 142 nafar kambag‘al oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatildi;
– 30 nafar kambag‘al oilalarga sahovat va ko‘mak jamg‘armasi orqali moddiy yordam ko‘rsatildi;
– 235 nafar kambag‘al oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlandi;
– 21 nafar kambag‘al oilalarga boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatildi;
Misol uchun:
“Kayran” MFYdan 5 ta kambag‘al oila “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori Mansurov Mirzaqulga biriktirilgan bo‘lib, Jamg‘irov Istamga tomorqasidan samarali foydalanish uchun suv nasozi o‘rnatib kartoshka ekib berildi, 3 nafar farzandi dars tayyorlashi uchun stol-stul va dars javoni olib berildi, Xolbo‘taeva Qizlarsuluvga tomorqasidan samarali foydalanish uchun kartoshka ekib berildi, 3 nafar nabiralarining dars tayyorlashi uchun stol-stul va dars javoni, kitob, o‘quv qurollar olib berildi, bundan tashqari oziq-ovqat hamda moddiy yordam ko‘rsatildi.
Budjet
O‘zbekiston Respublikasining 2024yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1011-sonli “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tumanning 2024 yil 27 dekabrdagi Kengashining №VII-4-018-8-109-K/24-sonli qaroriga asosan 2025 yilning tuman mahalliy budjetining daromadlari 99,2 mlrd.so‘m va xarajatlari 99,2 mlrd.so‘m miqdorida belgilangan.
Tuman mahalliy budjetining 2025 yil 1 chorak tasdiqlangan rejasi 21,1 mlrd so‘m viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi tomonidan berilgan o‘zgarishlardan keyin daromadlarning aniqlangan rejasi 20,1 mlrd so‘m bo‘lib, ushbu daromadlar rejasi 21,6 mlrd so‘mga ya’ni 107,5 foizga bajarilgan.
Tuman mahalliy budjetining 2025 yil aprel oyi tasdiqlangan daromadlar rejasi 9,2 mlrd so‘m bo‘lib, ushbu daromadlar rejasi 10,5 mlrd so‘mga ya’ni 113,9 foizga bajarilgan.
Tuman mahalliy budjetining 2025 yil 2 chorak daromadlar rejasi 26,5 mlrd so‘m bo‘lib, ushbu daromadlar rejasi joriy yil
23 may holatiga 17,1 mlrd so‘mga ya’ni 64,3 foizga bajarilib turibdi.
Investitsiyalar jalb qilish va loyihalar bo‘yicha
Hududiy investitsiya loyihalari
Angor tumanida 2023-2025 yillarda qiymati 949,4mlrd. so‘mlik 97ta loyihalar ishga tushirilib, 1737 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda qiymati 819,7mlrd. so‘mlik 87ta hududiy loyihalar ishga tushirilib, 1356ta ish o‘rinlari yaratilgan.
Misol uchun “Bio Texno Eko” MChJ tomonidan umumiy qiymati 160,0mlrdso‘mlik chiqindini yig‘ish va qayta ishlashni tashkil etish loyihasi foydalanishga topshirilishi natijasida 250tayangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
Xorijiy investitsiyalar jalb qilish
2025 yillarda 1 choragida Angor tumanida 24,3 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Misol uchun “Zamin Angor Klaster” MChJ tomonidan “Ingichka tolali paxtani qayta ishlashni tashkil etish” loyihasi uchun
13,7 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mabalag‘lar o‘zlashtirildi.
Eksport prognozlari
2023 yilda Angor tumanida jami 16,3 mln dollarlik mahsulotlar eksport amalga oshirilgan bo‘lib, reja
110 foizga bajarilib, 2024 yilning mos davriga nisbatan
142 foizga ortgan.
Jumladan, sanoat mahsulotlari eksporti
15,4 ming dollarni hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 7,7 mln dollarni tashkil etmoqda.
Sanoatni rivojlantirish
Angor tumanida jami 3 ta Kichik va Yoshlar sanoat tadbirkorlik zonalariga jami 6,5 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib qiymati 109,1 mlrd so‘mlik 52 ta loyiha shakllantirilgan, shundan tadbirkorlarning o‘z mablag‘i hisobidan 25,1 mlrd so‘m, bank kreditlari 84,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. 52 ta loyihalar ishga tushurilishi natijasida
350 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda budjetga qo‘shimcha
2,6 mlrd so‘m mablag‘lar tushuriladi va ishlab chiqarish xajmi
56,9 mlrd so‘mga yetkazilishi belgilangan.
Soha bo‘yicha mavjud muammo va takliflar:
Tumandagi sanoat zonalardagi tadbirkorlik sub’ektlarga infrastruktura tarmoqlari (elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi) uchun imtiyoz berish.
Qurilish va kommunikatsiya sohasini yaxshilash bo‘yicha
Tumanimizda oxirgi yillarda qurilish sohasida olib borilgan islohotlar natijasida bizda ham katta-katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
2023 yilning o‘tgan davri mobaynida 233,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,6 foizni tashkil etgan.
PQ-408-sonli qaror.
Tumanning 17 ta mahallasida 22 ta ob’ektga 19,2 mlrd so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.
- 46.2 km ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 11.676 mlrd so‘m;
- 3,4 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini yangidan qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun 554.7 mlrd so‘m;
- 1 ta mahalla binosini qurish 437 mln so‘m; (Xomkon mahalla binosi)
- Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 954 mln so‘m;
- 3.1 km piyodalar yo‘lakchasi va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish uchun 528,0 mln so‘m;
- “Qoraqir” va “Ibn sino” qishloqlariga suv muammosini hal qilish uchun 10,0 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilgan, 8,8 km kanal qurilgan.
PQ-465-sonli qaror 2023 yil Investitsiya dasturi.
Tumanda 3 ta ob’ektda 12,9 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan hamda foydalanishga topshirilgan. (33-sonli maktab, 18-27-sonli MTT)
Qo‘shimcha dasturga asosan.
3 ta ob’ektda 5,8 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan hamda foydalanishga topshirilgan. (21-25-30-sonli maktablar)
VM-435-sonli qaror.
Farovon va Qorabog‘ mahallalarida 2 ta yo‘nalishda
4,0 mlrd so‘mlik (yo‘l infratuzilmasi 1,9 mlrd so‘m va elektr ta’minoti 2,0 mlrd so‘m) ishlar bajarilgan.
PQ-154-sonli qaror.
34 ta ob’ektda 12,5 mlrd so‘mlik shundan, 4 ta yo‘l 7,4 mlrd so‘m, 29 ta elektr energiyasi 2,9 mlrd so‘m va 9 maktab 2,3 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan hamda foydalanishga topshirilgan. (Yo‘l 12,5 km, 18 ta transformator, 15,4 km elektr tarmog‘i).
Yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha:
Tumanda jami 725 km yo‘l, shundan, davlat ahamiyatida 35 km va mahalliy ahamiyatda 64 km, xalqaro ahamiyatda 21 km hamda 604 km qismi ichki xo‘jalik yo‘llari hisoblanadi.
Joriy yilning o‘tgan davrida dasturlar doirasida hamda tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan jami 129,2 km yo‘llarning holati yaxshilandi.
Jumladan, 45,0 km davlat va umumfoydalanuvdagi ahamiyatdagi yo‘llarni asfaltlash va 84,2 km ichki yo‘llarda toshlash ishlari amalga oshirildi.
Tumandagi 36 ta mahallalarda eng yomon tuproq yo‘llarni hashar yo‘li bilan jumladan, Kattaqum 10,4 km, Faravon 2,8 km, Ulug‘bek 3,3 km, YuqoriTallashqon 2,5 km, Gilambob 7,0 km, Navshahar 4,5 km, Markaz
2,5 km, Qadimiy Angor 8,5 km, Qo‘shtegirmon 2,2 km, Bahor 3,8 km, Sharq guli 2,2 km qismida toshlash ishlari bajarildi.
Shuningdek, 4 ta mahalladagi 12,5 km yo‘llarni asfaltlash uchun 7,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. 6,0 km qismida ta’mirlash yakunlandi hozirda qolgan qismida ishlar davom etmoqda.
Yuqori Tallashqonda 4,5 km va Navshaharda 1,5 km yo‘llarda asfaltlash ishlari bajarilgan.
2023 yilda dastur doirasida yana 8,5 km, Xo‘janqon mahallasida 2,9 km va Ilg‘or mahallasida 3,2 km yo‘llarda asfaltlash ishlari olib borildi.
Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha:
Tumanimizda 27 ming 822 ta iste’molchilarga (1 323 ta ulgurji va 26 ming 499 ta aholi) 2022 yilda 5844,3 mln kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilib, 6,1 mln.kVt soat defitsit kuzatildi.
Tumanning 1-kunlik elektr iste’moli 387 ming kVt soat, bir kunda 135,2 mln so‘m. Bir oyda iste’mol 11,6 mln kVt soat bir oyda 2,34 mlrd so‘m elektr energiyani to‘liq “Tallimarjon” IES oladi.
VM-435 sonli qaroriga asosan tumanning Qorabog‘ va Farovon mahallalarida 2,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar evaziga 16,8 km tarmoqlarni yangidan tortish va 250 - 400 kVli 5 dona yangidan kuchlanishli transformator punktlari o‘rnatildi.
Do‘stlik mahallasida 1 dona transformator punkti yangidan o‘rnatildi va 7 km tarmoq tortildi.
Homiylik mablag‘lari hisobidan 3 dona yangi transformator punktlari Gulzor, Yuqori Tallimaron va Yuqori Tallashqon mahallalariga o‘rnatildi.
Shuningdek, tumandagi 20 ta maxallalarda 2,8 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 18 dona qo‘shimcha yangi transformator punktlari o‘rnatildi hamda 15,4 km tarmoq yangidan tortilmoqda.
Ichimlik suvi bo‘yicha:
Tumanda yashovchi 141 ming nafar aholisidan markazlashgan ichimlik suvi bilan 55 677 nafar 42,7% ta’minlangan, 42193 nafar aholi 56,3 % elternativ maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Suv taminoti bo‘limi hisobida 7 dona suv to‘plash inshooti mavjud, ish faoliyatida.
Sizning tashabbusingiz bilan 2023-2024 yillarda “To‘palang” suv omboridan ichimlik tarmog‘i tortish loyihasi bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanidagi (Sopka) da 100 ming m3 lik yangi suv saqlash inshooti qurilib “Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot” tumanlarini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash yuzasidan “Yangiobod” MFYda 150 metr, “O‘zbekiston” MFyda 200 metr, “Ulug‘bek” MFYda 100 metr suv quvurlari joriy ta’mirlandi. 12 ta suv saqlash inshootidagi suv haydash nasoslari ta’mirlash ishlari olib borildi.
Gaz ta’minoti bo‘yicha:
Tumanda jami 4 ta mahalladagi 5201 ta xonadon tabiiy gaz va 32 ta mahalladagi 32 ming 315 nafar aholi suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlangan.
2023 yilda 1,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi. 6 km uzunlikdagi gaz quvurlari texnik tartibga keltirildi.
21 dona gaz taqsimlash punktida ta’mirlash ishlari bajarildi.
2023 yilning o‘tgan davri davomida aholiga 105 dona yangi suyultirilgan gaz ballon yetkazib berildi.
Tumandagi 42 ta gaz tarqatish (GRP) shahobchasi joriy ta’mirlandi, 4 ta mahallada har xil diametrdagi gaz quvurlari tartibga keltirildi,
8 km buyoq ishlari bajarilgan.
“Sharq guli” MFYda 300 metr gaz quvuri diametri 102-76 mm bo‘lgan gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi.
Ko‘mir ta’minoti bo‘yicha:
Aholi xonadonlariga 6 446 tonna ko‘mir mahsulotidan 2 285 tonna 36 % ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi.
Ijtimoiy himoyaga muxtoj 2100 nafar fuqarolarga 1 260 tonna ko‘mir mahsulotidan 416 tonna 33% ko‘mir mahsuloti yetkazib berilgan.
Tumandagi 88 ta ijtimoiy soha muassasalariga 3 153 tonna ko‘mir mahsuloti to‘liq yetkazib berilib, suvoqlangan.
Shundan, maktablarga 2 133 tonna, MTTlarga 542 tonna, tibbiyot muassasalariga 376 tonna, madaniyat markazlariga 57 tonna, sport maktabiga 45 tonna ko‘mir mahsuloti zaxira qilindi.
Ijtimoiy soha ob’ektlari kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holda.
“Tashabbusli budjet” doirasida 2023 yil 1-mavsumda 11 ta loyihaga 9,9 mlrd.so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
4-23-36-sonli maktablarni kapital ta’mirlash, 15-sonli MTTda devor bilan o‘rash, 4-sonli oilaviy poliklinika va uning filialini joriy ta’mirlash, tuman markaziy shifoxonasining 2 ta bo‘limiga tibbiyot apparati hamda Ulug‘bek va Kayran mahallalarida 5,2 km yo‘llarda asfaltlash ishlari yakuniga yetkazildi.
“Yangi O‘zbekiston” massivi bo‘yicha:
PF-32 conli Farmoniga asosan 2022-2024 yillarda tumanning Sharq guli mahallasi “Yangi O‘zbekiston” massivini tashkil etish uchun 11,5 gektar yer maydoni tanlab olingan.
Ushbu massivda 912 ta xonadonli 43 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari, 1 ta umumta’lim maktabi (1056 o‘rinli), 2 ta MTT (360 o‘rinli), 1 ta oilaviy poliklinika, mahalla guzari va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilishi belgilangan.
Hozirda 10 ta turar-joy binolari foydalanishga topshirilgan hamda 7 ta uylarda ishlar davom etmoqda.
2023-2024 yillarga rejalashtirilgan 26 ta ko‘p qavatli turar-joy binolaridan 10 tasida ishlar boshlab yuborilgan.
Kommunikasiya tarmog‘i bo‘yicha:
Ichimlik suv va oqova suv tarmog‘ini qurish ichimlik suvi 1,8 kmdan 1,5 km qismi tortilgan va oqova suv tarmog‘i 4,8 km to‘liq tortilgan. Hozirda oqova suv tozalash inshoatini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Pudratchi “To‘palang HPD Holding” MChJ.
Elektr energiya tarmog‘ini qurish va transformator punktlari o‘rnatish ishlari yakunlangan.
Avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha 0,8 km qismida qum-shag‘al aralashmasi asosida qurish ishlari bajarilib, yo‘lning birinchi qatlamida asfal’t yotkizish ishlari amalga oshirildi. Pudratchi “Avtoyo‘l Sanoat Invest” MChJ.
Issiqlik ta’minotini qurish 2,3 kmdan 2,1 km qismini tortish ishlari bajarilgan. Pudratchi “Mega Polis Qurilish” MChJ.
Angor tumanining 2024 yilda Qurilish-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlarni o‘z oldimizga rejalashtirib olganman.
2024 yilda Investitsiya dasturi doirasida 3 ta hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida 3 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirildi.
Dasturga asosan “Qo‘shtegirmon” MFYdagi 4-sonli maktab, “Yangihayot” MFYdagi 11-sonli MTT va Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosini yangitdan qurildi.
Tashrif protokoli bo‘yicha “Xomkon” MFYdagi 13-sonli maktabini rekonstruksiya qilish va 12x24 o‘lchamdagi sport zal binosini qurish, “Gilambob” MFYdagi 16-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurish, “Yangiobod” MFYdagi 44-sonli maktabiga qo‘shimcha bino qurildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha elektr tarmoqlari va eskirgan sim yog‘ochlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, hamda 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish. 25 km elektr uzatish tarmoqlari va 6 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash. (Qorabog‘, Ilg‘or, Yangihayot mahallalarida). Elektr tarmoqlari va eskirgan sim yog‘ochlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 35 km elektr uzatish tarmoqlari va 12 dona transformator punktlari ta’mirlash ishlarini amalga oshirildi.
Gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha.
Bunda, iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda gaz ballonlari bilan ta’minlash va 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish Navro‘z, O‘zbekiston, Sharq guli, Navbahor va Guliston mahallalaridagi tabiiy gaz iste’molchilariga 1 mln 107 ming kub metr, shundan: aholiga 1 mln 29 ming kub metr yetkazib berish rejalashtirilgan. Ulgurji iste’molchilariga 71 ming kub metr tabiiy gaz yetkazib berish lozim. 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan 5 km gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda 2 dona gaz taqsimlash shahobchalarini mukammal ta’mirlash. Suyultirilgan gaz iste’molchilariga 460 tonna (prognoz) suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha.
Bunda, aholini ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlanganlik darajasini 42,7 % dan 60 foizga yetkazish hamda 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish. Tuman hududida 62 km ichimlik suv tarmog‘i va 10 ta ichimlik suv inshooti hamda 6 ta energotejamkor nasoslar o‘rnatildi.
Yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha.
4K-597 “Qorasuv-Abduraxonota qabriston”ga boruvchi 4 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlarini yakuniga yetkazildi.
Bundan tashqari, "Sharq guli" mahallasidan M-39 yo‘liga olib boruvchi Olmazor, Behbudiy, Navro‘z, Obod, Ko‘klam, Gulzor, Paxtakor, “O‘zbekiston” mahallasidagi Tutzor, Maftunkor ichki xo‘jalik yo‘llariga asfalt qoplam yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2024 yilda ham “Sharq guli” mahallasi “Yangi O‘zbekiston” massivida aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida tumanda jami 912 xonadonli 43 ta uy-joylarni qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 408 xonadonli
17 ta uy-joylar qurib, o‘z egalariga topshirildi.
“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Kattaqum” massivida
30 gektar maydonga Saksovul o‘simligi ekildi.
Shuningdek, Bahor mavsumida 670 ming 200 dona manzarali va mevali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan, tuman tashkilotlari va bog‘ fermerlarga taqsimot qilinib olingan.
2025 yilda Investitsiya dasturi doirasida 10 ta hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" (PQ-330 qaror) Irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari, “Open budjet”ning 2-mavsumida ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi.
Jumladan, dasturga asosan “Bahor” MFYdagi 43-sonli maktab, “Kayran” MFYdagi 38-sonli maktab, “Yuqori Tallashqon” MFYdagi 19-38-sonli maktab, "Xomkon" MFY hududida yangi MTT qurish, “Sharq guli” MFYdagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududidan 990 o‘rinli yangi maktab qurish, “Kayran” MFYdagi 38-sonli maktablarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha.
Tumanda jami 725 km yo‘l, shundan, davlat ahamyatida 35 km va mahalliy ahamiyatda 64 km, xalkaro ahamiyatda 21 km hamda 604 km qismi ichki xo‘jalik yo‘llari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil
11 oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha bugungi kunda 2025 yil uchun dastlabki manzilli dasturni rejalashtirib olganmiz.
Jumladan dasturga asosan Angor tumani bo‘yicha 10 ta mahallada 20 km asfalt qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan, bugungi kunga qadar 6,5 km asfaltlash ishlari yakunlandi.
Bundan tashqari, tumandagi 3 ta mahallalarda jami 2,5 km, jumladan, Qoraqir 0,7 km, Kattaqum 0,8 km, Qorabog‘ 0,2 km ichki ko‘chalarda qum-shag‘al yotqizish ishlari bajarildi. “Bahor” mahallasida 3 km asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Tuman markazidagi “Sharq guli” mahallasi hududidagi ichki ko‘chalarda 1,6 km qismida homiylik asosida asfaltlash ishlari bajarildi.
2025 yilda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha tumandagi “Kattaqum”, “Qo‘shtegirmon”, “Tallashqon”, “Navro‘z”, “Qadimiy Angor” mahallalarida jami 11,7 km betonlash ishlari rejalashtirilgan, shundan 9,5 km betonlash ishlari yakunlandi.
Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha
Tumanimizda 27 ming 822 ta iste’molchilarga (1 323 ta ulgurji va 26 ming 499 ta aholi) 2023 yilda 5844,3 mln kVt soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Tumanning 1 kunlik elektr iste’moli 387 ming kVt soat, bir kunda 135,2 mln so‘m, bir oyda iste’mol 11,6 mln kVt soat bir oyda 2,34 mlrd so‘m elektr energiyani to‘liq “Tallimarjon” IESdan oladi.
Elektr tarmoqlari va eskirgan sim yog‘ochlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, hamda 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish. 25 km elektr uzatish tarmoqlari va 6 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash. (Qorabog‘, Ilg‘or, Yangihayot mahallalarida). Elektr tarmoqlari va eskirgan sim yog‘ochlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 35 km elektr uzatish tarmoqlari va 12 dona transformator punktlari ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha.
Tumanda jami 4 ta mahalladagi 5201 ta xonadon tabiiy gaz va
32 ta mahalladagi 32 ming 315 nafar aholi suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlangan.
21 dona gaz taqsimlash punktida ta’mirlash ishlari bajarildi.
Tumandagi 42 ta gaz tarqatish (GRP) shahobchasi joriy ta’mirlandi, 4 ta mahallada har xil diametrdagi gaz quvurlari tartibga keltirildi,
“Sharq guli” MFYda 300 metr gaz quvuri diametri 102-76 mm bo‘lgan gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi.
Bunda, iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda gaz ballonlari bilan ta’minlash va 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish Navro‘z, O‘zbekiston, Sharq guli, Navbahor va Guliston mahallalaridagi tabiiy gaz iste’molchilariga 1 mln 107 ming kub metr, shundan: aholiga 1 mln 29 ming kub metr yetkazib berish rejalashtirilgan. Ulgurji iste’molchilariga 71 ming kub metr tabiiy gaz yetkazib berish lozim.
Suyultirilgan gaz iste’molchilariga 460 tonna (prognoz) suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha.
Tumanda yashovchi 141 ming nafar aholining 55 677 nafari yoki 42,7% markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 42193 nafar aholi 56,3 % maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Suv taminoti bo‘limi xisobida 7 dona suv to‘plash inshooti mavjud bo‘lib hozirgi kunda ish faoliyatida.
“To‘palang” suv omboridan ichimlik tarmog‘i tortish loyihasi bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanidagi (Sopka) da 100 ming m3 lik yangi suv saqlash inshooti qurilib “Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Bunda, aholini ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlanganlik darajasini 42,7 % dan 60 foizga yetkazish hamda 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish tuman hududida 62 km ichimlik suv tarmog‘i va 10 ta ichimlik suv inshooti hamda 6 ta energotejamkor nasoslar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida
2022-2024 yillarda “Sharq guli” mahallasi “Yangi O‘zbekiston” massivini tashkil etish uchun 11,5 gektar yer maydoni tanlab olingan.
Ushbu massivda 912 ta xonadonli 43 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari, 1056 o‘rinli 1 ta umumta’lim maktabi, 360 o‘rinli 2 ta MTT, 1 ta oilaviy poliklinika, mahalla guzari va hizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilishi belgilangan.
2022-2024 yillar davomida 27 ta turar-joy binolari foydalanishga topshirildi.
2025 yilda “Yangi O‘zbekiston” massivida 5 ta 100 xonadonli turar-joy binolari qurilish ishlari olib borilmoqda.
Tumanda mavjud muammolar:
1. Angor tumani hududidagi 4N-1597 “Ozodbuxoro-Tallimaron-Zang kanaligacha” avtomobil yo‘lining 0-2,5 km 19-27 km oralig‘i jami 2,5 km qismini ta’mirlash va ishlarni jadallashtirish uchun 2,0 mlrd so‘m mablag‘ zarur.
Angor tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi loyihalarni shakllantirish chora-tadbirlari “Drayver”ga asosan tuman markazidan o‘tuvchi IMS kollektorining PK 89+90 dan 96+90 gacha bo‘lgan qismini betonlash, ikki yon qirg‘og‘iga panjara o‘rnatish, 2 km piyodalar yo‘lagini qurish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, o‘rindiqlar hamda ko‘prik o‘rnatish uchun tumanda faoliyat olib borayotgan “Angor meliorativ ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish” MChJga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish ishlarini olib borishga ruxsat berildi va 5,2 mlrd so‘m mablag‘lar ajratildi.
Tuman hokimi: Q.Mardonov
