Viloyat hokimi "Surxon Golden Trade" MChJ loyihasi bilan tanishdi
2025-06-12 13:10:00 / Yangiliklar
🔹 Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida amalga oshirilayotgan muhim investitsiya loyihalari doirasida Bahor mahallasida joylashgan "Surxon Golden Trade" MChJ faoliyati bilan tanishdi.
🔹 Mazkur korxona tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishida yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi mahalliy mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va eksport qilish imkoniyatlarini yaratishdir.
🔹 Loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholi bandligining oshishi va Angor tumani iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
