Tadbirkor ayollar faoliyati bilan tanishildi
2025-06-12 13:55:00 / Matbuot anjumanlari

Angor tumanida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Tadbirda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan samarali foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar bilan yaqindan tanishildi. Ular rahbarlik qilayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda yaratilgan yangi ish o‘rinlari o‘rganildi.
O‘z mehnati va tashabbusi bilan tadbirkorlikni rivojlantirayotgan, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlayotgan, shu orqali daromad manbaini kengaytirib, mahallada namuna sifatida namoyon bo‘layotgan faol ayollar faoliyati OAV vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Press-tur davomida tadbirkor ayollar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, moliyaviy va huquqiy ko‘mak mexanizmlari haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.



