⚡️ "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida DXX kubogi — Angor tumani bosqichi! ⚽️
2025-06-03 22:45:00 / Yangiliklar

Angor tumanida sportning mini-futbol va futbol turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogining tuman bosqichi musobaqalari yakuniga yetdi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎖 Tantanali marosimda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarni tabrikladi, yosh sportchilarga sportdagi faol ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirdi.
🔹 Ushbu musobaqa nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki yoshlar orasida do‘stlik, birdamlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
🎤 Marosim davomida yosh sportchilar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar, shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi, bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.







