Ochiq muloqot
2025-04-19 22:30:00 / Matbuot anjumanlari

Hurmatli Prezidentimizning e’tibori va g‘amxo‘rligi natijasida o‘tgan davr mobaynida ko‘plab sohalarda erishilgan ijobiy natijalar aholining turmush darajasini tubdan o‘zgartirayotganidan barchangizning xabaringiz bor.
Jumladan, Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-sonli qarori asosida “Kambagallikdan faravonlik sari” dasturi qabul qilindi.
Ushbu Dastur — davlat va ijtimoiy tashkilotlar tomonidan olib boriladigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jihatidan aholining ijtimoiy holatini yaxshilashga, kambag‘allikni kamaytirishga va faravon hayotni ta’minlashga qaratilgan tizim qilib belgilanib, asosiy yo‘nalishlari ish bilan ta’minlash, ta’lim, salomatlik, kambag‘allikni kamaytirish va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Dastur ijrosi yuzasidan tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha jami 470 ta oila tanlab olindi. Ushbu kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha 94 nafar tashkilot raxbarlari va o‘rinbosarlari ko‘mak berish uchun biriktirildi, jumladan,
Viloyat darajasida: 11 nafar rahbar va o‘rinbosarlarga 55 ta oila biriktirildi:
Tuman darajasida: 83 nafar rahbar va o‘rinbosarlarga 415 ta oilalar biriktirildi.
O‘rganish jarayonida 2025-yilda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar mahallalar kesimida maqsadli ko‘rsatkichlar 5 ta yo‘nalishda reja belgilab olinib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
1-yo‘nalishda: Aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 588 nafar rejalashtirilgan bo‘lib amalda doimiy ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb qilish, uyda qo‘shimcha daromad olish, tomorqadan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil etish, parrandachilik va chorvachiliklar tashkil etish hisobiga 910 ta fuqarolarning aholi daromadi oshirildi.
2-yo‘nalishda: Xatlovning barqaror ta’lim va to‘garaklarga jalb etish yo‘nalishida aniqlangan imkoniyat bo‘yicha muammolar va ularni hal etilishi hisobiga 646 nafar fuqarolar rejalashtirilgan bo‘lib amalda esa 879 nafar fuqarolarni ta’lim va to‘garaklarga jalb etildi.
3-yo‘nalishda: Xatlovning barqaror kafolatlangan tibbiy xizmat yo‘nalishida aniqlangan imkoniyat bo‘yicha muammolar va ularni hal etilishi bo‘yicha 637 ta rejalashtirilgan bo‘lib amalda esa 743 ta fuqarolarga amaliy yordan ko‘rsatilgan. Jumladan;
- Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolanishga ko‘maklashish (statsionar va ambulator) 67 nafar fuqarolarga rejalashtirilgan bo‘lib amalda esa 250 nafar fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
- Tuman darajasida davolash hisobiga 41 nafar fuqarolarga rejalashtirilgan bo‘lib esa 226 nafar fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
- Viloyat shifoxonalarida davolash hisobiga 19 nafar fuqarolar rejalashtirilgan bo‘lib amalda esa 20 nafar davolangan.
- Respublika markaziy shifoxonalarida davolash xisobiga
7 nafar fuqarolar rejalashtirilgan bo‘lib amalda 4 nafar davolangan.
Bepul dori-darmon bilan ta’minlash hisobiga 547 nafar rejalashtirilgan bo‘lib amalda esa 226 ta dori-darmonlar bilan ta’minlangan.
Order bilan taminlash 17 nafar rejalashtirilgan bo‘lib amalda esa 17 nafar fuqarolarni order bilan ta’minlandi.
4-yo‘nalishda: Xatlovning barqaror yashash sharoitlarini yaxshilash yo‘nalishida aniqlangan imkoniyat bo‘yicha muammolar va ularni hal etilishi hisobiga 122 ta xonodonlarning yashash sharoitlarni yaxshilash rejalashtirilgan bo‘lib amalda esa 179 nafar kambag‘al oilalarning yashash sharoitlarni yaxshilangan.
5-yo‘nalishda: Xatlovning barqaror ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida aniqlangan imkoniyat bo‘yicha muammolar va ularni hal etilishi bo‘yicha 395 ta fuqarolarga rejalashtirilgan amalda esa 597 ta ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida aniqlangan imkoniyat bo‘yicha muammolar va ularni hal etildi.
Qadrli teletomoshabinlar!
Bundan tashqari aholi turmush darajasini oshirish va aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumanimizda oxirgi yillarda qurilish sohasida olib borilgan islohotlar natijasida katta-katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, dasturga asosan 2025 yilda “Bahor” MFYdagi 43-sonli maktab, “Kayran” MFYdagi 38-sonli maktab, “Yuqori Tallashqon” MFYdagi 19-38-sonli maktab, "Xomkon" MFY hududida yangi bog‘cha qurish, “Sharq guli” MFYdagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududidan 990 o‘rinli yangi maktab qurish, “Kayran” MFYdagi 38-sonli maktablarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha.
Tumanda jami 725 km yo‘l, shundan, davlat axamyatida 35 km va mahalliy ahamiyatda 64 km, xalkaro axamiyatda 21 km hamda 604 km qismi ichki xo‘jalik yo‘llari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha bugungi kunda 2025 yil uchun dastlabki manzilli dasturni rejalashtirib olganmiz.
Mazkur reja asosida Angor tumani bo‘yicha 10 ta mahallada 20 km asfalt qoplamasi yotqizish rejlashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 6,5 km asfaltlash ishlari yakunlandi.
Bundan tashqari, tumandagi 3 ta mahallalarda jami 2,5 km, jumladan, Qoraqir 0,7 km, Kattaqum 0,8 km, Qorabog‘ 0,2 km ichki ko‘chalarda qum-shag‘al yotqizish ishlari bajarildi. “Bahor” mahallasida 3 km asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Tuman markazidagi “Sharq guli” mahallasi hududidagi ichki ko‘chalarda 1,6 km qismida xomiylik asosida asfaltlash ishlari bajarildi.
2025 yilda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha tumandagi “Kattaqum”, “Qo‘shtegirmon”, “Tallashqon”, “Navro‘z”, “Qadimiy Angor” mahallalarida jami 11,7 km betonlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 9,5 km betonlash ishlari yakunlandi.
Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha Tumanimizda 27 ming 822 ta iste’molchilarga (1 323 ta ulgurji va 26 ming 499 ta aholi) 2023 yilda 5844,3 mln.kVt soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tumanning 1 kunlik elektr iste’moli 387 ming.kVt soat, bir kunda 135,2 mln so‘mlik, Bir oyda iste’mol 11,6 mln.kVt soat va Bir oyda 2,34 mlrd so‘mlik Elektr energiyasi iste’mol qilinib, to‘liq “Tallimarjon” issiqlik elektr stansiyasidan olinadi.
Elektr tarmoqlari va eskirgan sim yog‘ochlarni modernizatsiya hamda 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masadida 25 km elektr uzatish tarmoqlari va 6 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash, (Qorabog‘, Ilg‘or, Yangi hayot mahallalarida). Elektr tarmoqlari va eskirgan sim yog‘ochlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 35 km elektr uzatish tarmoqlari va 12 dona transformator punktlari ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi.
Gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha.
Tumanda jami 4 ta mahalladagi 5201 ta xonadon tabiiy gaz va 32 ta mahalladagi 32 ming 315 nafar aholi suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlangan. 21 dona gaz taqsimlash punktida ta’mirlash ishlari bajarildi.
Tumandagi 42 ta gaz tarqatish (GRP) shahobchasi joriy ta’mirlandi, 4 ta mahallada har xil diometrdagi gaz quvurlari tartibga keltirildi, “Sharq guli” MFYda 300 metr gaz quvuri diametri 102-76 mm bo‘lgan gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi.
Ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha.
Tumanda yashovchi 141 ming nafar aholining 55 677 nafari yoki 42,7% markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 42193 nafar aholi 56,3 % maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Suv taьminoti bo‘limi xisobida 7 dona suv to‘plash inshooti mavjud bo‘lib hozirgi kunda ish faoliyatida.
“To‘palang” suv omboridan ichimlik tarmog‘i tortish loyihasi bo‘yicha Jarqurg‘on tumanidagi (So‘pka) da 100 ming m3 lik yangi suv saqlash inshooti qurilib “Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod” tumanlarini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Bunda, aholini ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlanganlik darajasini 42,7 % dan 60 foizga yetkazish hamda 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish. Tuman hududida 62 km ichimlik suv tarmog‘i va 10 ta ichimlik suv inshooti hamda 6 ta energotejamkor nasoslar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 11 aprelda o‘tkazgan videoselektr yig‘ilishida O‘zbekistondagi viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etilishi to‘g‘risidagi topshirig‘i berilgan edi. Mazkur topshiriqning ijrosi yuzasidan tuman markazidan o‘tuvchi “MS” (markaziy tashlama) kollektorining M-39 avtomobil yuli va “Oybarchin” umumiy ovkatlanish binosi oralig‘idan o‘tuvchi kismiga “Yoshlar saylgoxi” tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihaning umumiy uzunligi 1,0 km bo‘lib, 10 ta lotga ajratilib, tadbirkorlar tomonidan o‘z mablag‘i xisobidan qurib foydlanishga topshirilish rejalashtirilgan.
Hurmatli teletomoshabinlar!
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasida
1 mlrd. 350 mln. so‘mlik Sterilizatsiya bo‘limi qurilib, ishga tushirildi. Tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazining yangi binosi ham foydalanishga topshirildi.
5-sonli Yangiobod oilaviy poliklinikasi va uning Qorasuv shaxobchasi “Tashabbusli byudjet” hisobidan mukammal ta’mirlandi.
Tuman tibbiyot birlashmasining bo‘limlariga zamonaviy filtrlangan suv minorasi o‘rnatilgan bo‘lsa, 2-sonli maktabda VORKOUT va suniy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi.“Tashabbusli byudjet” hisobidan tuman tibbiyot birlashmasi oshxonasi qurilishi hamda bo‘lim uchun 150 dona kompyuter jamlanmasi 2, 3-choraklarda olib kelishi rejalashtirilgan.
Qadrli Angorliklar!
Tumanimizda jami 70 ming 56 nafar xotin-qizlar mavjud bo‘lib shundan 30 yoshdan yuqorilar 26 ming 412 nafarni tashkil etadi, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga tumandagi 3 ming 886 nafar ayollar ro‘yxatga olinib, 3 ming 886 nafar ayollarga 6 ta yo‘nalish bo‘yicha yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ishsiz 3 ming
88 nafar xotin-qizlardan 772 nafari 25 %ning turli sohalar bo‘yicha bandligi ta’minlandi.
Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 78 nafar xotin-qizlar kasb-xunarga o‘qitilib, 28 nafari 36 % ga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Bundan tashqari tumandagi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va ehtiyojmand oilalarga muntazam ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak berib kelinmoqda.
Qadrli tumandoshlar! Aziz teletomoshabinlar!
Inson qadrining qirralari ko‘p. Shular ichida eng asosiysi – yurt tinchligi va shu oliy saodatning ramzi bo‘lmish oilalar xotirjamligi sanaladi. Shu bois, Biz mutasaddi rahbarlar tumanimiz aholisini rozi qilish yo‘lida – mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, barcha sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirishda hamda fuqarolarning farovon hayot kechirishlari uchun o‘z kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.



