Yoshlar bilan uchrashuv
2025-02-23 13:15:00 / Qabullar

Bugun Angor tumani hokimligi majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimi Qosim Mardonov, bandligi ta’minlanmagan yoshlar va ularga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi yurtimizda yoshlarning bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tumanda yoshlarning muammolarini hal qilish, ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 162 nafar yoshlarga bаndligini ta’minlash maqsadida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.


