ERTANGI MO‘L HOSIL, BUGUNGI HARAKATGA BOGʻLIQ
2025-04-13 13:25:00 / Yangiliklar

Angor tumanida chigit unib chiqqan maydonlarda g‘o‘zani birinchi oziqlantirish, g‘o‘za qator oralarini kultivatsiya qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Bugun tumandagi "Zamin Angor klaster" MChJ dala maydonida "Kultivatsiya jarayoni va uning ahamiyati" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman hokimi Qosim Mardonov ham ishtirok etib, g‘o‘zaning o‘sish davrida o‘g‘itlanishi, mineral o‘g‘itni nihollar yaxshi o‘zlashtirishi uchun oziq moddalar ildiz o‘sish qatlamiga yaqin solinishi zarurligi va bunda qator oralarini kultivatsiya qilish jarayoniga alohida e’tibor qaratish kerakligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, kultivatsiya qilish jarayoni ko‘rsatildi.

