Angorda “Turmush” profilaktik tadbirlari davom etmoqda
2025-04-05 11:10:00 / Yangiliklar

Angor tumanida o‘tkazilayotgan “Turmush” profilaktik tadbiri davomida notinch, kelishmovchiligi bor oilalar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.
Bugun tuman IIB boshlig‘i S.Choriyev, tuman hokimi o‘rinbosari S.Musayeva hamda tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida targ‘ibot tadbirni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida oilalarda sodir etilgan huquqbuzarliklar va oilaviy kelishmovchiliklar keng jamoatchilikni jalb qilgan holda muhokama qilindi.
