ANGOR TUMANIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR NAZORAT QILINDI
2026-06-01 14:55:00 / Yangiliklar

Angor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar doirasida hududda tashkil etilayotgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Tuman hokimi Qosim Mardonov mazkur markazda aholini kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, markazda olib borilayotgan qurilish va jihozlash ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




