Rasmiy munosabat
2026-05-05 14:10:00 / Yangiliklar

Angor tumanida ekologik holat va aholi tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan ma’lum qilamizki, ijtimoiy tarmoqlar hamda murojaatlar orqali kelib tushgan holat tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro tomonidan aholi yashash hududiga yaqin joyda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligi, xususan, yer maydonidan maqsadli foydalanish, elektr tarmoqlari muhofaza hududi talablariga rioya etilishi hamda atrof-muhitga ta’siri yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlari amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda, ko‘kalamzorlashtirish uchun ajratilgan yer maydonida hamda elektr tarmoqlari muhofaza hududida olib borilgani tasdiqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
Shu bilan birga, aholi xavfsizligi, ekologik barqarorlik va hudud obodligini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib, bu kabi holatlarga nisbatan murosasiz munosabat bildiriladi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
