Angorda “Hokim kubogi” tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi
2026-05-05 09:55:00 / Yangiliklar

Angor tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Hokim kubogi” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlov tasviriy san’at hamda an’anaviy xonandachilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib, yosh iste’dod egalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratildi.
Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari Jamshid Bahramov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Unda tumandagi 47 ta umumta’lim maktablaridan 200 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratini namoyon etdilar.




