Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
2026-05-12 10:50:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi hamda galdagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda davlat organlari va tashkilotlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, mas’ullarning javobgarligini oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada yaxshilash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tumаn hokimi tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, har bir sohada qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



