Press-tur tashkil etildi
2026-04-22 14:30:00 / Matbuot anjumanlari

Angor tumanida tomorqalardan samarali foydalanayotgan namunaviy xonadonlar hamda yangidan qurilayotgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda mas’ullar aholi tomonidan tomorqadan unumli foydalanish orqali olinayotgan daromad manbalari, shuningdek, ta’lim infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Press-tur ishtirokchilariga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.





