Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda
2026-03-31 10:50:00 / Yangiliklar

Angor tumanining Yangiobod mahallasidagi “Kambag‘allikdan chiqarish markazi” doirasida temirchilik yo‘nalishi bo‘yicha amaliy o‘quv jarayonlari tashkil etilgan.
Ushbu yo‘nalishda tajribali usta Ashur Ro‘ziyev rahbarligida 15 nafar yosh ustoz-shogird an’anasi asosida temirga ishlov berish, turli metall konstruksiyalar tayyorlash va ularni qayta ishlash ko‘nikmalarini egallab bormoqda. Darslar to‘liq amaliy tarzda olib borilmoqda.
Yoshlarning aksariyati kelgusida mazkur sohada o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirmoqda.
Bu kabi o‘quv-amaliy jarayonlar hududda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli kasblarga yo‘naltirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutmoqda.



