Angor tumani hokimi yo‘l qurilish ishlarini nazorat qildi
2026-03-09 09:30:00 / Yangiliklar

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari doirasida Kattaqum mahallasi Qoraqir ko‘chasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish jarayonlarini o‘rgandi.
Mazkur ko‘chada 2,2 kilometr masofada asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonining borishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


