Rasmiy munosabat
2026-03-05 11:55:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda Angor tumani Karvon mahallasida yashovchi fuqaro G.Aliyeva tomonidan bildirilgan holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Mazkur murojaat tuman hokimligi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida fuqaro G.Aliyeva ilgari “Kambag‘al oilalar reyestri”da ro‘yxatda turganligi, hozirda esa belgilangan tartibda ushbu reyestrdan chiqarilganligi aniqlandi. Fuqaroning daromad manbaini oshirish maqsadida davlat va homiylar tomonidan quyidagi amaliy yordamlar ko‘rsatilgan: 2017 yilda 4 sotix yer maydoni ajratilgan; 2019 yilda uy-joy qurilishi uchun qurilish materiallari berilgan; 2022 yilda subsidiya asosida inkubator taqdim etilgan; 2024 yilda 1 sotixli issiqxona qurib berilgan; Issiqxona uchun elektr suv nasosi o‘rnatilgan; 4 bosh echki berilgan; 2025 yilda issiqxona rekonstruksiya qilinib, plyonka bilan ta’minlangan; 50 dona parranda va ozuqa berilgan; Oilaga muntazam ravishda oziq-ovqat va kiyim-kechak yordamlari ko‘rsatilgan; Mevali daraxt ko‘chatlari ajratilgan hamda 1 gektar yerda daromadli ekin ekish uchun sharoit yaratilgan; Turli xayriya tashkilotlari tomonidan ham qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, fuqaro 2021–2025 yillar davomida kam ta’minlangan oilalar uchun belgilangan bolalar nafaqasini muntazam ravishda olib kelgan. Ma’lum qilinishicha, bolalar nafaqasi amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan mezonlar asosida vakolatli tashkilotlar tomonidan tayinlanadi yoki to‘xtatiladi.
