Angor tumanida obodonlashtirish va qurilish ishlari davom etmoqda
2026-03-03 14:15:00 / Yangiliklar

Angor tumanida yo‘llarni asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, Do‘stlik mahallasida ichki yo‘llar asfalt bilan qoplanmoqda, bu esa aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini ta’minlaydi.
Shuningdek, Qorabog‘ mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha qurilishi olib borilmoqda. Ushbu loyiha fuqarolar, ayniqsa bolalar va keksalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Tuman hududlarida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari reja asosida davom ettirilmoqda.
