JAMOAT TRANSPORTI HAQIDA MA'LUMOT
Jamoat transporti va infratuzilmasi bo‘yicha:
Bugungi kunda, Andijon viloyatida 247 ta yo‘nalishlarda 21 816 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Shundan, 243 ta avtobus, 223 ta mikroavtobus, 5 804 ta damas va 15 546 ta o‘zini-o‘zi band qilgan yengil taksilar tashkil qiladi. 2025 yil davomida Andijon viloyati markazi uchun 40 ta elektrobus va 12 ta mikroavtobuslar xarid qilindi. Shuningdek, transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 2 ta avtostansiya va 17 ta avtobus oraliq bekatlari qurish va rekonstrutsiya, 2 ta elektrobus saroyi barpo qilindi. 3,6 km masofada alohida avtobus yo‘laklari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 3 ta avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma tizimi yo‘lga qo‘yilib, kunlik 192 ming nafar yo‘lovchiga ekologik toza, qulay jamoat transportidan foydalanish imkoniyati yaratildi.
2026 yil uchun aniq rejalar belgilab olingan:
- Andijon shahrini brutto-shartnoma tizimi bilan to‘liq qamrab olish uchun 63 ta elektrobus xarid qilinadi.
- Transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 2 ta avtostansiya va 12 ta bekat qurish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
- Andijon shahrida jamoat transportiga ustuvorlik berish bo‘yicha 5,8 km masofada alohida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi.
- Jamoat transportida yo‘l to‘lovlarini amalga oshirish to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi va transport sohasida yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali kurashish imkoniyati yaratilishiga erishildi.
2024 yilda Andijon shahridagi avtobuslar soni 122 ta bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilga kelib 162 tani tashkil etdi. Harakat tarkibini 32 foizga oshirilishiga, shuningdek, brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazilgan yo‘nalishlar soni 7 taga yetkazildi.
