TA'LIM TIZIMI HAQIDA MA'LUMOT
Dual ta’lim tizimi bo‘yicha:
Bugungi kunda, viloyatdagi 56 ta texnikumlarda tahsil olayotgan jami 45 ming 619 nafar o‘quvchilar 3 ta toifaga ajratib olindi. 1-toifa bo‘yicha 8 ming 285 nafar (18,2%) o‘quvchilar 544 ta yirik ishlab chiqarish korxonalariga biriktirilib, o‘quvchilarga mazkur korxonalarda tashkil etilgan auditoriyalarda 457 nafar malakali mutaxassislari tomonidan kasb sirlarini o‘rgatib kelmoqda. 2-toifa bo‘yicha 22 ming 952 nafar (50,3%) o‘quvchilar 1 ming 932 ta kichik korxonalarga biriktirilib, hozirda (4+2 ta’lim jarayoni) 4 kun korxonada dual ta’lim shaklida amaliyot hamda 2 kun texnikumda dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 3-toifa bo‘yicha 14 ming 382 nafar (31,5%) o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarini hozirda to‘liq texnikumlarda olib borishmoqda.
Dual ta’lim asosida biriktirilgan (1 va 2 -toifa) 31 ming 237 nafar (68,5%) o‘quvchilarning 8 165 nafari (26,1%) bugungi kunda buyruq asosida maosh olib ishlab kelmoqda. Dual ta’lim jarayonida ish beruvchilar tomonidan o‘quvchilar uchun maxsus forma, 1 mahal issiq ovqat, uzoqdan keluvchilar uchun transport vositasi ta’minlangan hamda ularga o‘rtacha 1,5 – 4,5 mln. so‘mgacha ish haqi to‘lab kelinmoqda.
2026 yilda amalga oshiriladigan ishlar:
- Yangidan tashkil etiladigan ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 810 o‘rinli o‘quv binosini kapital ta’mirlash, 100 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi binosini qurish, 180 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi binosini kapital ta’mirlash, 2 ta ustaxona binosini qurish, 1 ta ustaxona binosini kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
- Xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 5 taga yetkazish;
- 2026/2027 o‘quv yilida viloyatdagi 763 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 20 ming 500 nafar yoki 36 foiz 9-sinf bitiruvchilarini 59 ta texnikumga qamrab olish;
- kasbiy sertifikatiga ega ishlab chiqarish ta’lim ustalari sonini 75 nafarga yetkazish;
- 30 nafar pedagoglarning xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etishlarini ta’minlash;
Maktabgacha ta’limi bo‘yicha:
Viloyatda jami 4 324 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Shundan 547 tasi davlat, 1 ta IIB tashkilot, 5 ta maxsus MTT hamda 3 771 tasi nodavlat (15 ta xususiy, 227 ta davlat-xususiy sherikchilik, 3 529 ta oilaviy) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi. Mazkur ta’lim tashkilotlariga hududdagi 307 822 nafar 3-7 yoshli bolalardan 276 934 nafari yoki 90 foizi qamrab olindi. 2026-yilda viloyatda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 91 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Bu uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirimoqda:
- Investitsiya dasturi doirasida 11 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hisobiga qo‘shimcha 1 050 o‘rin yaratish;
- Davlat-xususiy sherikchilik asosida 15 ta loyihani amalga oshirish hamda 2 250 o‘rinli MTTlarni tashkil qilish;
- 6 ta yangi tashkil etiladigan “Ilk rivojlanish markaz”lariga yana 2 500 nafar bolani qamrab olish;
- 126 ta oilaviy nodavlat bog‘chalar tashkil etish orqali 6 300 o‘rin yaratish;
- 2 ta xususiy MTT tashkil etish orqali qo‘shimcha 300 o‘rin yaratish;
- 35 ta bog‘chalarda bo‘sh turgan xonalarni ta’mirlash va jihozlash orqali qo‘shimcha guruhlar yaratish hamda ushbu guruhlarga 1 050 nafar bolalarni qamrab olish.
Maktab ta’limi bo‘yicha:
Viloyatda maktablar soni 828 ta (763 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta prezident, 1 ta ijod va 46 ta nodavlat)ni tashkil etmoqda. Ularda jami 617 308 nafar o‘quvchilarga 44 806 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar. 2025 yil investitsiya dasturi doirasida Andijon viloyatida 31 ta ta’lim obyektlarida, 20 ta umumta’lim maktablari (20 ta rekonstruksiya), 11 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (9 ta rekonstruksiya, 2 ta mukammal ta’mirlash) qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun budjetdan 273 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratilgan. “Tashabbusli budjet” loyihasining 2025 yil 1-2-mavsumi doirasida viloyatda 137 ta ta’lim tashkilotlari, 134 ta umumta’lim maktablari, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyiha takliflari g‘olib deb topilgan. Mazkur ishlar uchun budjetdan 180 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 38 ta maktablar qo‘rg‘on-devor bilan o‘raldi, 85 ta maktablarda yangi hojatxona qurildi va mavjudlari ta’mirlandi. 534 komplekt o‘quv jihozlari, 7 turdagi 5 ming 355 dona musiqa asboblari, 5 turdagi 32 ming 130 dona sport anjomlari, 212 ta kompyuter sinfi, 542 ta elektron doska, 1 165 dona planshetlar, 32 ming 489 dona badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. 2025-yilda o‘rta-maxsus o‘qituvchilar pedagoglar ulushi 3,9 foizdani 2,7 foizga (44 806 nafar pedagoglarning 43 606 nafari 97,3% oliy) tushdi. Til sertifikati mavjud o‘qituvchilar ulushi 2024-yilda 42,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 1,6 barobar yoki 64 foizga (1 897 nafardan 2838 nafarga) ortdi.
2025-yilda 30 ta umumtalim maktablarida Ikkinchi xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda, mazkur maktablarda 1 620 nafar 10-11-sinf o‘quvchilari ikkinchi xorijiy til sifatida ingliz, nemis, fransuz va koreys tillari bo‘yicha o‘qitilib kelinmoqda. 2024/2025-o‘quv yilida viloyatda 38 909 nafar o‘quvchilar 11-sinfni tamomlagan bo‘lsa, mazkur o‘quvchilarning 20 355 nafari yoki 52,3 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi (ushbu ko‘rsatkich 2023-2024 o‘quv yiliga nisbatan 3 foizga ortgan).
2025-2026 o‘quv yilidan yangi baholash tizimiga 121 ta maktab qo‘shilib, faoliyat olib borayotgan maktablar sonini 209 taga yetkazildi. 2026 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar:
- 2026 yil Investitsiya dasturi doirasida viloyatdagi 36 ta ta’lim tashkilotlarida, shundan, 25 ta maktablarida (1 ta yangi qurilish, 22 ta rekonstruksiya va 2 ta mukammal ta’mirlash) hamda 11 ta davlat bog‘chalarida (9 ta rekonstruksiya va 2 ta mukammal ta’mirlash) qurilish-ta’mirlash ishlarini to‘liq va sifatli belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlanadi.
- Yangi baholash tizimida faoliyat olib borayotgan maktablar sonini 62 foizga oshirib, 300 taga yetkaziladi (2025 yilda 209 ta).
- Yil yakuniga qadar oliy, birinchi va ikkinchi toifali o‘qituvchilar ulushini 60 foizga (26 885 nafar) oshiriladi (2025 yilda 57,8 foiz 25 916 nafar).
- 2025/2026 o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan bitiruvchilarning OTMlariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 61 foizga, o‘rtacha ball ko‘rsatkichi esa 80 balga yetkaziladi.
- 1000 AQSH dollaridan ziyod oylik maosh olayotgan o‘qituvchilar soni 3 200 nafarga yetkaziladi.
- 2026 yilda maktablarga 85 nafar xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
Oliygohlar bo‘yicha:
Bugungi kunda viloyatdagi 6 ta davlat oliy ta’lim muassasalaridagi jami 12 ming 275 nafar 3-4-bosqich (tibbiyotda 5-6-bosqich) talabalari dual ta’lim shaklida tahsil olishlari uchun viloyatdagi 2 ming 741 ta ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va ta’lim muassasalariga biriktirilgan. Shundan, 7 ming 64 nafari bitiruvchi bosqich talabalari hisoblanadi (Andijonlik bitiruvchilar 5 ming 668 nafar). Dual ta’limga biriktirilgan talabalarning 1 ming 670 nafari (13,6 %) o‘qishdan tashqari viloyatdagi ishlab chiqarish va xususiy korxonalarda hamda ta’lim muassasalarida buyruq asosida maosh olib ishlab kelmoqda.
