Oltinko‘l tumanida yo‘lsozlik va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
2025-09-11 14:30:00 / Yangiliklar

Oltinko‘l tumanida aholi uchun qulay turmush sharoiti yaratish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda mahallalarda obod va farovon muhitni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, tumanning Ayronchi mahallasida yo‘lsozlik ishlari olib borilib, Ayronchi ko‘chasining 300 metr qismi sifatli asfalt qatlami bilan qoplab chiqildi. Yangi qiyofa kasb etgan yo‘l mahalla aholisiga katta qulaylik yaratib, kundalik qatnovni yengillashtirdi. Shu bilan birga, avtotransport vositalari harakatida xavfsizlik va barqarorlik ta’minlanishiga zamin yaratdi.
Bunday infratuzilma loyihalari aholi turmush sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yo‘llar obodon va zamonaviy bo‘lishi, fuqarolarning ish, o‘qish va kundalik ehtiyojlar bilan bog‘liq safarlarini osonlashtirib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ham xizmat qiladi.
Tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish ishlari izchil davom ettirilib, boshqa mahallalarda ham yo‘lsozlik, kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


