"NomadMania" sayyohlari Xonobodda
2025-05-26 15:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda viloyatimizning Shveysariyasi Xonobod shahriga dunyoning 30 ga yaqin mamlakatlaridan sayyohlar tashrif buyurmoqda. "Nomadmania" sayyohlik klubi tomonidan har yili turli mamlakatlarga sayohat tashkil etiladi. Ushbu tashrifning navbatdagi manzili Andijon viloyati bo‘ldi.
Xorijlik mehmonlar Xonobod shahridagi Andijon Suv Ombori tabiatidan, "Oltin O‘rda" dam olish maskanida O‘zbek va Qirg‘iz milliy taomlaridan ham bahramand bo‘lishdi.
Ushbu tadbirlar davlatimiz rahbarining turizm sohasiga qilayotgan e’tibori hamda Andijon viloyati hokimligi, turizm boshqarmasi hamda Xonobod shahar hokimligi tomonidan viloyatimizning turizm salohiyatini oshirish va mamlakatimizga xorijiy sayyohlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda.





