May oyi uchun pensiya to‘lovlari moliyalashtirildi
2025-05-03 09:30:00 / Yangiliklar

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2025 yilning may oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 395 450 nafar pensiya oluvchilar uchun 484,8 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi.
Aytish kerakki, pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 404,7 mlrd so‘m mablag‘lar yuklab berilishi ta’minlandi.
Pensiya pullarini naqd pulda oluvchilarga grafik asosida tarqatish uchun tijorat bankiga 80,1 mlrd so‘m mablag‘lar grafik asosida yetkazib beriladi.
Shuningdek Prezident farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan viloyatdagi 3 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 10 000 AQSH dollaridan, ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan 278 nafar shaxslarning har biriga 3 mln so‘mdan mablag‘lar AT Xalq bankiga moliyalashtirib berildi.
