Chet tillari boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasi gʻoliblari taqdirlandi
2025-03-22 13:00:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, yurtboshimiz tomonidan yosh avlodga sifatli taʼlim-tarbiya berish bilan bir qatorda oʻquvchi-yoshlarni taʼlim muassasalarini ikkita xorijiy tilni mukammal egallashlariga qaratilgan qator islohotlar olib borilmoqda.

Ushbu islohotlarga hamoxang ravishda joriy yilnnig 17-18-mart kunlari Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan Andijon davlat chet tillari instituti bilan hamkorlikda maktab o’quvchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi sovirini uchun” Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz tili) fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Joriy yilning 22-mart kuni Yangi Andijondagi 1-umumta'lim maktabida taqdirlash marosimi o'tkazilib, jami 60 mingdan ziyod o‘quvchilar qatnashgan mazkur olimpiada yakunlarida faxrli 1-. 2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan 63 nafar iqtidorli o'quvchilar qimmatbaho sovg'alar va diplom bilan taqdirlandi.



