Har bir nihol — yashil kelajakka hissa
2026-11-03 09:25:00 / Yangiliklar

Andijon tumani 2-son texnikumida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Muassasa jamoasi hududni yanada obod va ko‘rkam qilish maqsadida mevali daraxt ko‘chatlarini ekdi.
Ezgu tashabbus yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda ta’lim maskanida sog‘lom va fayzli muhit yaratishga qaratilgan. Bunday amaliy ishlar yoshlarda tabiatga mehr, atrof-muhitga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugun qadalgаn nihollar parvarish topib, ertaga soya-salqin va hosil beruvchi daraxtlarga aylanadi. Ularni asrab-avaylash esa ko‘chat ekish bilan boshlangan xayrli ishning uzviy davomidir.




