Prezident olimpiadasida Andijon viloyati jamoasi — bronza medallari sohibi!
2026-11-02 18:00:00 / Yangiliklar

Prezident olimpiadasi doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan gandbol musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Andijon viloyati jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi hamda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalarga medal va diplomlar topshirildi.
Andijon viloyati jamoasini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!







