Bobur shahrida «Yashil makon» loyihasiga tantanali start berildi!
2026-11-01 13:00:00 / Yangiliklar

Bugun Bobur shahri adirliklarida ezgu tashabbus — «Yashil makon» umummilliy loyihasiga katta tantana bilan start berildi!
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida boshlangan ushbu xayrli tadbir doirasida 50 gektar maydonda keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Loyiha davomida hududga 42 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Bu shunchaki ko‘chat ekish emas, balki tabiatga mehr, kelajakka e’tibor va obod yurt sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir!









