Fotoreportaj: Xonobodda oltin kuz faslining tarovati
2026-10-28 16:30:00 / Yangiliklar

XONOBOD. Andijon viloyatining eng so‘lim va xushmanzara go‘shalaridan biri — Xonobod shahrida oltin kuz fasli o‘zining bor go‘zalligi va jozibasini namoyon etmoqda. Tabiatning ushbu betakror davrida shahar fusunkor va maftunkor qiyofaga burkandi.
Daraxtlarning sarg‘ish-oltin va qizg‘ish ranglardagi barglari, toza tog‘ havosi hamda sokin xiyobonlar bu yerga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirmoqda. Xonobodning tog‘li landshaftlari, go‘zal tabiati va zamonaviy kurort zonalari kuz faslining o‘ziga xos tarovati bilan uyg‘unlashib, hududning turistik jozibadorligini yanada oshirmoqda.
Ushbu fotoreportaj orqali siz Xonobodning oltin kuz faslidagi go‘zal va hayratlanarli manzaralaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.






