Andijon shahridagi ko‘chalar zamonaviy qiyofa kasb etadi
2026-10-23 10:20:00 / Yangiliklar

Andijon shahridagi ko‘chalar zamonaviy qiyofa kasb etadi
Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi Boburshoh va O‘zbekiston ko‘chalari hamda Oltinko‘l ko‘chasida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Mazkur ko‘chalar zamonaviy loyihalar asosida ta’mirlanib, aholi uchun qulay va xavfsiz ijtimoiy muhit yaratiladi. Jumladan, yo‘l yoqalarida yashil hududlar barpo etilib, piyodalar va velosiped yo‘lakchalari quriladi.
Shuningdek, viloyat rahbari hudud aholisi bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi. Belgilangan vazifalar yuzasidan fikr almashilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar aniq belgilab olindi.
E’tiborlisi, shu kunning o‘zidayoq hududda obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga jadal kirishildi.








