Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-10-22 10:55:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon shahridagi «Jasorat maktabi» tinglovchilari ishtirokida viloyat hokimining ochiq muloqoti tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlarning kelgusidagi faoliyatini samarali tashkil etish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, bandligini ta’minlash hamda jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan bilimli, malakali va yuqori salohiyatli kadrlar bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, istiqboldagi rejalari va tashabbuslari bilan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar hamda mavjud muammolar tinglanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning orzu-intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mavjud muammolarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.








